TOShKENT, 3-may — Sputnik. Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Qirg‘izistonning 240 million dollarlik kreditlaridan yoppasiga voz kechish haqida hujjat imzoladi, deyilgan hukumat xabarida.
"2017 yilning 30-mart holatiga ko‘ra Qirg‘izistonning Rossiyadan qarzi 240 million dollarni tashkil qildi. Ushbu protokol kuchga kirganidan keyin Rossiya Qirg‘izistonning 100% qarzidan voz kechadi",- deyilgan xabarda.
Ushbu tadbir Rossiyaning Qirg‘iziston rivojlanishi uchun ko‘rsatayotgan rasmiy yordami doirasida amalga oshirilmoqda.
Moskva va Bishkek 2012-yilda umumiy qiymati 500 million bo‘lgan, hukumatlararo qarzlarni hal qilish shartnomasi imzolashgan edi. Ushbu hujjatga ko‘ra, Rossiya o‘n yil davomida Qirg‘izistonning qarzidan to‘liq voz kechish dasturini amalga oshirishni o‘z zimmasiga olgan.