TOShKENT, 2-may — Sputnik. 2 may kuni o‘tkazilgan Xalqaro press-klub sessiyasi doirasida O‘zbekiston IIV migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Ulug‘bek Toshxo‘jayev endilikda bolani qisqa fursatga O‘zbekistondan tashqariga olib chiqish uchun ikkinchi ota-ona roziligi talab etilmasligini ma’lum qildi.
Toshxo‘jayevning qayd etishicha, chiqish stikerini rasmiylashtirish uchun o‘quv muassasa tomonidan imzolangan hujjatlar, anketa, surat va bola pasporti talab etiladi.
Ona(yoki ota) roziligi faqatgina bolani doimiy yashash joyiga olib chiqib ketayotganda talab etiladi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.