TOShKENT, 2-may — Sputnik. O‘zbekistonda avtomobillar uchun sotib olinadigan chiroyli raqamlarni rasman sotuvga chiqarish bo‘yicha hujjatlar loyihasi tayyorlanmoqda, deb xabar beradi "Qalampir" sayti.
Bu haqda bugun Xalqaro press-klub tashkilotchiligida bo‘lib o‘tgan brifingda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Xolmatjon Saydaliyev xabar bergan.
Ilgariroq O‘zbekistonda avtomobillar uchun chiroyli raqamlar sotilishi haqida gap-so‘zlar tarqagan, ammo bu gap-so‘zlar rad etilgandi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.