O‘zbekistonlik talaba xalqaro olimpiada finaliga chiqdi

© WikipediaTashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy
Tashkentskiy universitet informatsionnix texnologiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Olimpiadada 17 mingdan ortiq talaba va yosh IT mutaxassislari qatnashdi

TOShKENT, 2-may — Sputnik. Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti talabasi Feruz Muyassarov "IT-planeta 2016/17" xalqaro olimpiadasi finaliga chiqdi.

Dilmurod Askarov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik 29 yoshli yigit Forbes ro‘yxatiga kirdi

Muyassarov "Telekommunikatsion texnologiyalar" fakultetida tahsil oladi. U saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda tashkilotchilarning rasmiy saytida ma’lum qilindi. Olimpiadada dunyoning 12 mamlakatidan 17 mingdan ortiq talaba va yosh IT mutaxassislari qatnashdi. Ulardan bir yarim ming nafari keyingi bosqichga chiqdi.

Finalda 370 ishtirokchi 15 nominatsiya bo‘yicha musobaqalashadi. Final bosqichi 2-5 iyun kunlari Sochida bo‘lib o‘tadi.

Finalda musobaqalardan tashqari, ishtirokchilar master-klass va ma’ruzalarda, Olimpiada obyektlari bo‘yicha qiziqarli bahslarda qatnashishlari, hudud tabiati va tarixi bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0