Mirziyoyev Atambayevga chuqur hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Aleksey NichukinFlag na posolstve Kirgizstana
Flag na posolstve Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yilning 29-aprel kuni O‘sh viloyatining O‘zgen tumanidan sodir bo‘lgan tog‘ ko‘chkisi 11 uyni bosib qolgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra 24 kishi ko‘chki ostida qolgan.

TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayevga O‘sh viloyatida tabiiy ofat tufayli fuqarolar halok bo‘lishi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

"Mening chuqur ta’ziyamni qabul qilishingizni va butun Qirg‘iziston xalqiga, jumladan, halok bo‘lganlar va jabr ko‘rganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman", — deyilgan O‘zbekiston prezidenti hamdardlik maktubida.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 29-aprel kuni O‘sh viloyatining O‘zgen tumanidan sodir bo‘lgan tog‘ ko‘chkisi 11 uyni bosib qolgan. Dastlabki xabarlarga ko‘ra 24 kishi ko‘chki ostida qolgan. Ayni damda 400ga yaqin qutqaruvchilar tuproq ostidan tirik qolganlarni qidirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0