O‘zbekistonda faxriylarga bag‘ishlangan sayt ishga tushdi

© SputnikSayt Xotira.uz, posvashenniy pamati veteranov Vtoroy mirovoy voyni
Sayt Xotira.uz, posvashenniy pamati veteranov Vtoroy mirovoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saytda jahon maydonlarida kurashgan o‘zbekistonliklarning suratlari to‘plangan, shuningdek, ularning qahramonliklari ifodalangan

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Xotira va qadrlash kuni arafasida UZINFOCOM markazi Ikkinchi jahon urushi faxriylariga bag‘ishlangan Xotira.uz saytini ishga tushirdi.

Saytda jahon maydonlarida kurashgan o‘zbekistonliklarning suratlari to‘plangan, shuningdek, ularning qahramonliklari ifodalangan, shuningdek, Xotira va qadrlash kunini nishonlash bilan bog‘liq yangiliklar chop etib borilmoqda.

Marsh avtokolonni posvashenniy 9-Maya - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent ko‘chalarida urush davri mashinalari kolonna bo‘lib o‘tdi

"Ilk bor bitta resursda urushning barcha tirik qahramonlari haqida ma’lumotlar to‘plandi. Loyiha mualliflari har bir faxriy, uning qahramonliklari va mukofotlari haqida aniq ma’lumot topishga urindilar", — deyiladi markaz xabarida.

Foydalanuvchilar Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari haqida ma’lumotlar, fotosuratlarni "Jasorat haqida yozish" nomli shakl yordamida sayt ma’muriyatiga yo‘llashi mumkin.

"Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz", deyiladi saytda.

Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan #xotirauz xeshtegini qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Xotira.uz" saytida "Kamolot" YoIH tomonidan 9-may ramzi hamda O‘zbekiston bayrog‘i tarqatiladigan punktlar haqida axborot taqdim etildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0