Toshkentda marafon: kimlardir joyidan siljiy olmayapti, kimlardir yugurapti

© Sputnik / StringerMarafon v sentre Tashkenta
Marafon v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Marafon bugun ertalab 8 da Mirobod tumanidagi Oybek va Nukus ko‘chalari chorrahasidan boshlandi.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Bugun Toshkentning markaziy qismida ulkan tirbandliklar yuzaga keldi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Marafon na Olimpiyskom prazdnike v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda respublika ommaviy yugurish tadbiri o‘tkazilmoqda

Bu O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan tashkillashtirilgan "Salomatlik sari" respublika ommaviy yugurish tadbiri bilan bog‘liq.

Marafon bugun ertalab 8 da Mirobod tumanidagi Oybek va Nukus ko‘chalari chorrahasidan boshlandi.

Federatsiya kengashining ma’lumotiga ko‘ra, yugurish tadbiri Afrosiyob, Sharof Rashidov, Islom Karimov ko‘chalari bo‘ylab Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrigacha bo‘lgan masofada o‘tkaziladi. Finish Toshkent univermagi oldida.

© Sputnik / StringerToshkent markazidagi marafon
Marafon v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent markazidagi marafon

Ko‘plab haydovchilar bu borada hazil-huzul qilishdi.

Ijtimoiy tarmoqda kimdir "Zombilar kelmoqda. Eshiklarni berkitib, aloqada bo‘lib turing. Shahardagi vaziyatdan xabardor qilib turamiz", deb yozdi.

"Konvertatsiya ochilibdi, hamma pul almashtirgani yugurapti", — deydi yana biri.

"Muammolardan qochishmoqda", — deb yozadi yana kimdir.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0