ShHT Toshkentga qaytmoqda

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishZasedanie soveta ShOS
Zasedanie soveta ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
ShHT forumi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda Strategik va Hududlararo izlanishlar instituti tomonidan tashkil qilingan. Unda 2016-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHT davlatlari rahbarlari XVI sammiti natijalari muhokama qilinadi.

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Shanxay Hamkorligi tashkiloti forumi Toshkentda 11-12 may kunlari bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, forumda ShHTga a’zo bo‘lgan mamlakatlar — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston vakillari hamda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan mamlakatlar — Hindiston, Pokiston, Eron, Afg‘oniston vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan. Undan tashqari forumda ShHT hududiy aksilterror tuzilmasi, diplomatik korpus vakillari ishtirok etadi.

ShHT forumi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hamda Strategik va Hududlararo izlanishlar instituti tomonidan tashkil qilingan. Unda 2016-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHT davlatlari rahbarlari XVI sammiti natijalari muhokama qilinadi.

Undan tashqari forumda xavfsizlikni ta’minlash masalalari, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya hamda investitsion hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, tashqari forumda ShHTni yangi a’zolar evaziga kengaytirish masalari ham ko‘rib chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shanxay hamkorligi tashkiloti 2001-yilda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston ishtirokida tashkil qilingan. Hindiston va Pokiston tashkilotga a’zo bo‘lish arafasida turibdi. Belorussiya, Eron, Mongoliya, Ozarbayjon, Armaniston va Turkiya  kuzatuvchi maqomiga.

Yangiliklar lentasi
0