Mirziyoyev tadbirkorlarga imkoniyat va sharoit yaratib berish kerakligini ta’kidladi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tumanlarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish markazlari tashkil etilib, ular tomorqadan samarali foydalanish, mikrobiznesni yo‘lga qo‘yish, mikrokredit rasmiylashtirish, ajratilgan kreditlarni monitoring qilish bilan shug‘ullanadi

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik. Davlat rahbari Jizzax shahridagi Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi faoliyati bilan tanishdi.

Markazda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan muammo va masalalar yuzasidan turli soha mutaxassislaridan javob olishlari mumkin, deb xabar beriladi O‘zbekiston hukumati portalida.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Surxandarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Prezident rejalar ijrosi bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatiga keldi

"Endi tadbirkor muammosini hal qilish uchun turli tashkilotlarga borib yurmaydi. Ushbu markazda barcha soha mutaxassislari ularning talab va takliflarini o‘rganadi va yechimini topadi. Tadbirkorlarga ko‘maklashish markazi tadbirkorlarning haqiqiy ko‘makchisi bo‘lishi lozim", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tumanlarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish markazlari tashkil etilib, ular tomorqadan samarali foydalanish, mikrobiznesni yo‘lga qo‘yish, mikrokreditlarni rasmiylashtirish, ajratilgan kreditlarni monitoring qilish kabi masalalar bilan shug‘ullanadi. Viloyat bo‘yicha 91 ana shunday markaz ochilishi ko‘zda tutilgan.

"Agar biz eng olis hududlarda ham tadbirkorlikni rivojlantirmoqchi bo‘lsak, avvalo, aholiga tadbirkorlik bo‘yicha yetarlicha tushuncha va bilim berishimiz kerak. Tadbirkorlarga imkoniyat va sharoit yaratib bersak, ular o‘zlarini ham, aholini ham ish bilan ta’minlaydi", dedi O‘zbekiston prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0