TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Samara yaqinida avtomobillarning yoppasiga to‘qnashuvi natijasida besh kishi jabrlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning ikki nafari O‘zbekiston fuqarosi.
Bu haqda regiondagi favqulodda xizmatlardan olingan ma’lumotlar asosida RIA Novosti xabar bermoqda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarning barchasi o‘rta og‘irlikdagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
14 avtomobil ishtirokida yo‘l avariyasi M-5 Ural federal avtoyo‘lining 967 kilometrida ro‘y bergan. Politsiyachilar ma’lumotiga ko‘ra, katta yuk tashuvchi transportining tormozi ishlamay qolgan.
Buning natijasida fura haydovchisi ichida 23 yo‘lovchi bo‘lgan PAZ avtobusiga va trasport oqimida to‘xtab turgan boshqa yengil mashinalarga kelib to‘qnashgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.