Erdo‘g‘on: Asad hokimiyat tepasida ekan, Suriya mojarosi hal bo‘lmaydi

© AFP / ADEM ALTANTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erdo‘g‘on Asadning o‘rnini bosuvchi nomzodlar Suriyada bisyorligini ta’kidlamoqda

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Reyter agentligiga bergan intervyusida, Bashar Asad mamlakat rahbari vazifasini bajarar ekan, Suriya mojarosi hal bo‘lmasligini aytdi. RIA Novosti xabari asosida.

Bashar Asad - Sputnik O‘zbekiston
Bashar Asad: uchinchi jahon urushining hidi kelyapti
"Asad Suriya mojarosini hal etish uchun yechim bo‘lib xizmat qila olmaydi. Aniq yechim paydo bo‘lishi uchun Suriyani Asaddan xalos etish zarur", — deb ta’kidladi Erdo‘g‘on. Uning so‘zlariga ko‘ra, "Asad xokimiyat tepasida bo‘lar ekan Suriya mojarosini hal etish yuzasidan qaror qabul qilinmaydi".

Erdo‘g‘onning qayd etishicha, Suriya masalasini hal etish bo‘yicha ayni vaqtda Putin (Rossiya prezidenti), (AQSh prezidenti Donald) Tramp, Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni, Qatar faol rol o‘ynadi. Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, "Biz birlashib Suriya xalqiga ularning qaror qabul qilishida ko‘mak berishimiz mumkin".

"Asad yuz minglab odamlarni o‘ldirdi va hozirgi kunda mening mamlakatimda 3 millionga yaqin qochoqlar bor, Livandagi qochoqlar soni — 1,5 millionni tashkil qiladi, va hozir 1 millionga yaqin qochoqlar Iordaniyadan panoh topgan. Bu odamlarning barchasi o‘z ona yurtlarini tashlab qochishgan", — deb qo‘shimcha qildi Erdo‘g‘on. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu achinarli holatning yuzaga kelishi asosiy sababchisi Asad va shu sababli Suriya xalqiga o‘z davlat yetakchisini tanlash imkoniyatiga ruxsat berish kerak. Agentlikning ta’kidiga ko‘ra, Erdo‘g‘on hozirgi kunda Suriyada Asadning o‘rnini bosuvchilar soni yetarli darajada.

Palmira Rossiya HKK yordamida Suriya Arab Respulikasi tomonidan ozod qilindi - Sputnik O‘zbekiston
"Islom davlati" jangarilaridan Palmirada nima qoldi?
Eslatib o‘tamiz, Suriyada qurolli mojaro 2011-yildan beri davom etmoqda. BMT ma’lumotiga ko‘ra, qonli to‘qnashuvlar natijasida 220 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan. Rossiya 2015-yilning 30-sentabridan buyon Suriya prezidenti Bashar Asad so‘roviga ko‘ra Suriyadagi terrorchilar obyeklariga havo xujumlarini amalga oshirib kelmoqda. Rossiya ko‘magida terrorchilarga qarshi kurashda sezilarli siljishlarga erishilib, muhim bo‘lgan yo‘nalishlarda zarbalar berishga erishildi. 2014-yildan beri AQSh Suriyada Islom davlati terrorchilik guruhiga (RFda taqiqlangan) Suriya davlati ruxsatisiz zarbalar bermoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0