TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Kecha Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Usenet 2017"anjumanida O‘zbekiston "Elektron hukumat" tizimi rivojlantirish markazi raisi Sherzod Habibullayev YaIDXP portalining ikkinchi, to‘liq yangilangan versiyasi ishga tushishini xabar qildi.
Koreyaning "LG CNS Uzbekistan" kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan yangi "portal"da bir necha muhim imkoniyatlar kiritilgan bo‘ladi.
Birinchidan, foydalanuvchilar ro‘xatdan o‘tish tizimi juda oson shaklga keltirilgan. Yangi portal O‘zbekiston pasport tizimi bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tish uchun pasport raqami va pasportda fotosurat ostida ko‘rsatilgan individual raqam kiritilsa bas.
Ikkinchidan, unda davlat xizmatlari haqini onlayn to‘lash imkoniyati yaratilgan bo‘ladi. "Elektron hukumat" markazi ayni damda to‘lovni foizsiz amalga oshirish imkonini o‘rganmoqda.
Undan tashqari yangi portalda foydalanuvchi maksimum 5ta klik orqali o‘z maqsadini amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi. Bu bugungi kun jahon standartlariga mos. Shuningdek, yangi "portal" har bir foydalanuvchiga yuzlab xizmatlar orasida faqat unga kerakli bo‘lganlarni ko‘rsatadi.
"Umuman, yangi portalni ishga tushirishdan asosiy maqsadimiz aholiga oson va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatishdir," — dedi Sherzod Habibullayev.
Yangi portal aprel-may oyilarida ishga tushadi. Dastlab u sinov tartibida ishlaydi. Yangi versiya to‘liq tekshiruvdan o‘tmaguniga qadar YaIDXpning eski versiyasi bilan birga yonma-yon ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda YaIDXP orqali 301 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. YaIDXPga har oyda o‘rtacha 40-50 ming murojaatnoma kelib tushmoqda.
Futura.uz sahifasi materiali asosida tayyorlandi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing