Chimonda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Obuna bo‘lish
Ilgariroq FVV 21-28 aprel kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi, qirg‘oqlarning yemirilishi, qirg‘oqqa yaqin hududlarda suv toshishi xavfi mavjudligi haqida ogohlantirgandi

TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimon tog‘ tizmasida qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi.

"O‘zgidromet" ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-yilning 26-27 aprel kunlari Chimon tog‘ tizmalarining daryo sathidan 2200 metr balandligida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilingan. Xavfsizlik va ehtiyot choralarini ko‘rishingizni so‘raymiz", deyiladi xabarda.

Ilgariroq FVV 21-28 aprel kunlari havo haroratining keskin ko‘tarilishi natijasida respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi, daryo va soylarda suv sathining keskin ko‘payishi tufayli qirg‘oqlarning yemirilishi, qirg‘oqqa yaqin hududlarda suv toshishi xavfi mavjudligi haqida ogohlantirgandi.

Yangiliklar lentasi
0