Rossiya va O‘zbekiston arbitraj sudlari hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

© Sputnik / Andrey Starostin / Mediabankka o‘tishSudebniy molotok, arxivnoe foto
Sudebniy molotok, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shartnoma imzolanganidan keyin O‘zbekiston va Rossiya tadbirkorlari arizalari Moskva Federal Arbitraj hakamlik sudida ko‘rib chiqilishi mumkin.

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. O‘zbekiston Hakamlik sudlari assotsiatsiyasi va Moskva Federal Arbitraj hakamlik sudi ikki mamlakat tadbirkorlari orasida kelib chiqayotgan bahslarni hal qilish borasida hamkorlikni yo‘lga kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Buning uchun tomonlar ikki tomonlama hamkorlik haqida shartnoma imzolashadi. Ushbu shartnoma Rossiya va O‘zbekiston hamda ikki mamlakat xo‘jalik subyektlari orasida imzolangan shartnomalar doirasida tadbirkorlarining mulki va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda teng imkoniyatlar yaratadi.

“Moskva Federal Arbitraj hakamlik sudi tasarrufidagi tadbirkorlarda O‘zbekistonlik tadbirkorlarga nisbatan huquqiy da’volar paydo bo‘lsa, ular faqat O‘zbekiston Hakamlik sudlari assotsiatsiyasiga murojaat qilishlari mumkin”, — dedi O‘zbekiston Hakamlik sudlari Assotsiatsiyasi sudyasi Azamat Hotamov.

O‘zbekistonlik tadbirkorlar esa Rossiya tadbirkorlariga bo‘lgan da’volari borasida faqat Moskva Federal Arbitraj hakamlik sudiga murojaat qilishlari mumkin.

Sudlar kuchga kirgan qarorlarni o‘zaro tan olishadi va uning bajarilishini ta’minlashadi. Undan tashqari ikki mamlakat sudlari bir-birlarining murojaatiga binoan huquqiy yordam ko‘rsatishadi, muayan ish doirasida protsessual harakatlarni amalga oshirishadi.

Huquqiy yordam ko‘rsatish va protsessual harakatlarni amalga oshirish — mahalliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0