TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Sulaymanom al-Said boshchiligidagi Quvayt delegatsiyasi payshanba kuni O‘zbekistonga keladi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIVi matbuot xizmati.
"2017-yilning 27-aprel kuni O‘zbekistonga Quvayt Davlati Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Sulaymon al-Said boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi", — deyilgan muassasa xabarida.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv va vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish, shuningdek, qator vazirlik va idoralarda muzokaralar olib borish, Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishish o‘rin olgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.