PepsiCo zavodidan bir necha tonna sok shahar ko‘chalariga oqib ketdi

© lipetskmedia.ruPosle avarii na zavode PepsiCo na ulisi vililis tonni soka
Posle avarii na zavode PepsiCo na ulisi vililis tonni soka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Lipesk viloyatidagi PepsiCo zavodi tomi qulab tushishi oqibatida shahar ko‘chalariga bir necha tonna sok oqib ketdi.

TOShKENT, 25 apr —Sputnik. Lebedan shahrida joylashgan PepsiCo zavodida avariya sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda viloyat prokuraturasi.

Voqea Moskva vaqti bilan soat 10:00 da sodir bo‘lgan, kompaniyaning maydoni 300 kv. metr bo‘lgan omborxonasining tomi qulab tushgan. FVV xabariga ko‘ra ikki kishi yengil jarohatlangan.

"Omborxona tomi qulashi oqibatida bir necha tonna sok shahar ko‘chalaridan oqib Don darosiga quyilmoqda", — deb xabar qildi prokuratura.

Voqea sodir bo‘lgan joyda Lipesk viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimlari ishlamoqda. Tergov oldi tekshiruvlari boshlangan.

"Lebedanskiy" Eksrperimentan konserva zavodi PepsiCo kompaniyasi mulki hisoblanadi. Bu Rossiyaning eng yirik sok va nektarlar ishlab chiqaruvchi korxonasidir. Korxonada "Ya", "Tonus", "Fruktoviy sad", "Tropikana" va "Privet" brendlari ostida sok va nektarlar ishlab chiqariladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Yangiliklar lentasi
0