Andijonda daryo o‘rtasida qolib ketgan o‘smir qutqarib olindi

© http://fvv.uzMChS spasal yunoshu
MChS spasal yunoshu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oltinko‘l tumanidagi kollejlardan birining o‘quvchisi Qoradaroda cho‘milayotgan vaqtda daryo suvining tezligi katta bo‘lgani sababli daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketgan

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida daryo o‘rtasida qolib ketgan o‘smir qutqarib qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda aytilishicha, 20-aprel kuni Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Oltinko‘l tumanida yashovchi, shu tumandagi Agro iqtisodiyot kolleji o‘quvchisi Orifjon Ikromov Qoradaroda cho‘milayotgan vaqtda daryo suvining tezligi katta bo‘lgani sababli daryo o‘rtasidagi orolchada qolib ketgan.

FVV matbuot xizmatining bildirishicha, qutqaruv otradi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

O‘smir qutqarib olingan va unga birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Yangiliklar lentasi
0