O‘zbekistonda bolalarni kasalliklarga qarshi emlash haftaligi boshlandi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya protiv gepatita
Vaksinatsiya protiv gepatita - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2002 yilda O‘zbekiston Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining poliomiyelitdan xoli mamlakat sertifikatiga ega bo‘ldi

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. 2017 yil 24-30 aprel kunlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mamlakatda emlashni targ‘ib qilishga bag‘ishlangan kampaniyani amalga oshirishda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘maklashadilar. Bu haqda YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lum qildi.

Aprel oyining so‘nggi haftasi Jahon emlash haftaligi sifatida nishonlanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad bolalar va oilalarning hayotini saqlab qoluvchi va himoya qiluvchi vaksinalarni targ‘ib qilishdir. Emlash bolalar hayoti va kelajagini himoya ostiga olishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi.

O‘zbekistonliklar - Sputnik O‘zbekiston
Salomatlik reytingida O‘zbekiston MDH davlatlari o‘rtasida 1-o‘rinni egalladi

YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumanning aytishicha, vaksinalarga sarmoya sifatida yo‘naltirilgan har bir AQSh dollari 2020-yilga kelib 16 barobar foyda keltirishi mumkin ekan va bu hisob-kitob aholi daromadi o‘rta darajada bo‘lgan mamlakatlarga ham taalluqlidir.

O‘zbekiston 2015-yilda yangi pnevmokokk vaksinasini qo‘llashni boshladi. Ushbu vaksina meningit, bekteremiya, o‘rta otit, sinusit va bronxit infeksiyalaridan himoya qiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, ma’lumotlariga ko‘ra, birgina 2015-yilning o‘zida pnevmoniya tufayli 922 mingga yaqin besh yoshga to‘lmagan bolalar hayotdan ko‘z yumganlar va bu ko‘rsatkich mazkur yosh guruhidagi jami o‘lim holatlarining 15 foizini tashkil etadi. Hozirgi kunda O‘zbekistondagi bolalar ushbu halokatli kasallikdan yanada yaxshi himoyalanganlar.

Shuningdek, O‘zbekiston poliomiyelit, qizamiq, bo‘g‘ma va qoqshol kabi kasalliklarni ham muvaffaqqiyatli ravishda bartaraf etgan. Bunday natijaga erishishda emlash kampaniyalarining hissasi katta bo‘ldi. 1996-yildan boshlab O‘zbekistonda yovvoyi virus orqali yuzaga kelgan poliomiyelit holatlari kuzatilmagan. 2002-yilda O‘zbekiston JSSTning poliomiyelitdan xoli mamlakat sertifikatiga ega bo‘ldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Emlash bo‘yicha kengaytirilgan dastur menejeri, doktor Dilorom Tursunovaning so‘zlariga ko‘ra, 2016-yilda O‘zbekiston emlash qamrovi bo‘yicha 99,7% ko‘rsatkichga erishgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0