Markaziy bank internet nashrlardagi xabarlar asossiz ekanligi haqida bayonot berdi

© uz.24Sentralniy bank Uzbekistana
Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir qator internet nashrlarda O‘zbekiston tijorat banklarida import shartnomalari bo‘yicha va yetkazib berilgan tovarlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish operatsiyalari to‘xtatib qo‘yilgani haqidagi xabarlar tarqalgan

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki bir qator internet nashrlarda O‘zbekiston tijorat banklarida import shartnomalari bo‘yicha va yetkazib berilgan tovarlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish operatsiyalari to‘xtatib qo‘yilgani haqidagi xabarlar bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Bayonotda bildirilishicha, import bo‘yicha keltiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha shartnomalar to‘lovlari o‘z vaqtida va to‘la hajmda amalga oshirilmoqda va ularning to‘xtatib qo‘yilgani haqidagi gap-so‘zlar mutlaqo asossizdir.

"Ta’kidlash lozimki, mamlakat tijorat banklari o‘z mijozlarining xorijiy hamkorlari oldidagi majburiyatlarini bajarishiga bundan keyin ham uzluksiz ko‘mak berib boradi", deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0