O‘zbekistonda istirohat bog‘lari uchun yerlarni ijaraga berish muhokama qilinmoqda

© Novosti UzbekistanaPark Kulturi i otdixa v Farxade
Park Kulturi i otdixa v Farxade - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlar O‘zbekistondagi istirohat bog‘lari uchun yer uchastkalarini uzoq muddatga ijaraga olishlari mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida "Madaniyat va istirohat bog‘lari uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Toshkentda yangi bog‘ qurilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda eski hayvonot bog‘i o‘rnida yangi istirohat bog‘i ochiladi

"O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining madaniyat va istirohat bog‘lari uchun yer uchastkalarini investitsiya majburiyati asosida tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli ijaraga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

Madaniyat va istirohat bog‘lari uchun yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga berish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin", deyiladi hujjatda.

Hujjat loyihasi portalga bugun qo‘yilgan bo‘lib, uning muhokamasi shu yilning 10-may kuni nihoyasiga yetadi va 20-may kunidan kuchga kirishi rejalashtirilgan.

Loyiha borasidagi fikr, taklif va mulohazalarni hujjat loyihasi joylashtirilgan sahifada qoldirish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0