O‘zbekiston va Falastin dolzarb masalalarni muhokama qildi

© Mid UzbekistanaAbdulaziz Kamilov i Mazen Shamiya
Abdulaziz Kamilov i Mazen Shamiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Falastin Davlati delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida Oliy Majlis, qator vazirlik va idoralarda uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Falastin tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mazen Shamiya bilan ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, suhbat davomida O‘zbekiston-Falastin munosabatlari, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralarda Falastin elchisi Muhammad Tarshahani ishtirok etdi.

Falastin Davlati delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi davomida Oliy Majlis, qator vazirlik va idoralarda uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0