Sergey Lavrov: Bugun siyosatda qoida qolmadi

Obuna bo‘lish
Lavrov fikriga ko‘ra, G‘arb va Sovet ittifoqi qarama-qarshiligi davrida tomonlar ma’lum qoidalarga amal qilgan, hech kim chegaradan o‘tmagan.

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Ayni damda xalqaro munosabatlardagi vaziyat “sovuq urush” vaqtidagidan ham battar deb hisoblaydi, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

“Xozir juda mushkul… U vaqtlar ikki imperiya mavjud edi: G‘arb va Sovet ittifoqi. Ularning har biri uchinchi mamlakatlar hududida mojarolarga aralashib bir-biriga qarshilik ko‘rsatar edi. Lekin hech qachon o‘z hududida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama qarshilik qilmas edi. Hatto ommaviy bahslar ham yumshoqroq bo‘lib o‘tardi. U vaqtlar ikkala tomon ham ma’lum chegaradan o‘tmasdi. Bugun esa – hech qanday qoida qolmadi”, — deb vazirning so‘zlarini keltiradi  Esquire jurnali.

Shu bilan bir vaqtda, Lavrov AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatishga muvaffaq bo‘lganini va umuman  AQShning barcha davlat kotiblari bilan “do‘stona bo‘lmasada juda iliq munosabatlarda” bo‘lganini aytdi.

Vazir aytishiga qaraganda, turli mamlakat diplomatlari bir-birlariga tanqidli nutqlar bilan chiqsa-da, shaxsiy munosabatlari juda iliq bo‘lishi mumkin.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0