Shaxtorlar ovozi yer ostidan eshitilgan - Issiqko‘lda mo‘jiza tufayli qutqarilgan umrlar

© Foto / press-slujba polpredstva v Issik-Kulskoy oblastiIssiqko‘l viloyatida yer ostida qolgan ikki shaxtor topildi
Issiqko‘l viloyatida yer ostida qolgan ikki shaxtor topildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yer ostida qolib ketgan fuqarolar oradan bir sutka o‘tib, qutqarilgan

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Issiqko‘l viloyatida yer ostida ko‘milib qolgan ikki nafar shaxtor aniqlandi. Ular tirik, deb xabar qildi regiondagi mutasaddi hukumat matbuot-xizmatiga tayangan holda Sputnik Qirg‘iziston.

Hodisa Ak-Suu tumanining Jirgalan qishlog‘ida yuz bergan. Ikki fuqaro 22-aprel kuni 16.30da shaxtaga kirishgan. Oradan bir oz vaqt o‘tib, yer osti suvlari urib ketishi natijasida, yer o‘pirilishi hodisasi yuz bergan. Ikki yuz kishi shaxtorlarni izlash bilan shug‘ullangan.

Oradan bir sutka va bir necha soat vaqt o‘tib bedarak yo‘qolganlar tirik holda topilgan.

Qutqaruvchilar avvaliga ularning ovozlarini eshitganlar. Muxtor vakolatxona ma’lumotlariga ko‘ra, shaxtorlar suv bosmagan hududga o‘tib olishgan va to yordam kuchlari yetib kelmaguncha o‘sha joyda qolishga muvaffaq bo‘lishgan.


Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.
Yangiliklar lentasi
0