Eng yangi Mercedes S-slass birinchi bo‘lib Xitoyda taqdim etildi

© AFP 2023 / Johannes EISELE / AFP Prezentatsiya novogo Mercedes S-klassa
Prezentatsiya novogo Mercedes S-klassa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mercedes kompaniyasining 2018-yilda jahon bozorga chiqadigan eng nufuzli S-class avtomobilini 19-aprel kuni Xitoyda taqdim etildi.

TOShKENT, 24 apr – Sputnik.  Daimler AG avtokonserni 2018-yilda jahon bozorga chiqadigan o‘zining eng nufuzli Mercedes S-class va Mercedes Maybach avtomobillarini dunyoda birinchi taqdimot marosimini Xitoyda o‘tkazdi.

Shanxaydagi “China auto show 2017” avtosaloni doirasida bo‘lib o‘tgan tadbirni Daimler AG kompaniyasining bosh direktori va boshqa yetakchi mutaxassislari olib bordi.

Mercedes S-slassning premyerasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgani mutlaq bejiz emas. Kompaniya aytishiga qaraganda, S-class avtomobillarining — 30 %, Maybach  avtomobillarining — 60 % aynan Xitoy bozorida o‘z xaridorlarini topmoqda. 2017-yilning birinchi choragida kompaniyaning 25% mahsuloti Xitoyda sotilgan. Mercedes aytishiga qaraganda, ular Xitoyda Bmw va Audiga nisbatan 2 baravar ko‘proq nufuzli avtomobillar sotgan.

Tadbirni Mersedes direktorlar kengashi a’zosi Hubertus Troska xitoy tilida boshladi, yig‘ilganlar buni qarsaklar bilan kutib olishdi.

Mercedes kompaniyasi ushbu marosimga o‘ta jiddiy tayyorgarlik ko‘rgani, taqdimotning har bir soniyasida sezilib turar edi. Kompaniya yangi avtomobilning tashqi ko‘rinishida, nomida xitoyliklarga yaqin bo‘lgan jihatlarini topib uni juda chiroyli ravishda ommaga yetkizishga muvvafaq bo‘lishdi.

Masalan, kompaniya vakili yangi S-klassning old chiroqlari ustida yonib turadigan uchta chiziqni Xitoy maktabida sinfning eng a’lochi o‘quvchisi taqib yuradigan uchta chiziqli bog‘ichga o‘xshatib “Faqatgina sinfining  eng a’lochi o‘quvchisi bunday bog‘ich taqishi mumkin” deb, S-klassni raqiblari orasida yagona a’lochiligiga shama qildi. Hammaga tushunarli bo‘lishi uchun Troska ushbu so‘zlarni xitoy tilida aytib o‘tdi. Zaldagilar buni qarsaklar bilan kutib olishdi.

Yangi avtomobil xususiyatlariga kelsak, kompaniya o‘zining ushbu mahsulotini yaratishda uchta asosiy yo‘nalish tomon harakat qilganini ma’lum qildi. Bular safety, comfort, connectivity, ya’ni xavfsizlik, qulaylik va  aloqada bo‘lish yoki xabardor bo‘lish.

Yangi S-klassda haydovchiga avtomobilni boshqarishda yordam berishning yanada kengroq imkoniyatlari tadbiq qilingan. Unga o‘rnatilgan kamera va radarlar avtomobil atrofidagi 250 metr masofani nazorat qilib turadi. Yo‘lning ayrim bo‘liklarida, avtomobil xotirasiga yuklangan xarita, belgilangan tezlik  cheklovi va boshqa ma’lumotlar asosida haydovchiga kerakli maslahatlar berishi yoki o‘zini o‘zi boshqarishi mumkin.  Undan tashqari avtomobil radarlar yordamida yo‘lning bir necha metr oldindagi do‘nglik va chuqurliklarini aniqlab, avtomobil yurish qismini (xodovoy) unga moslashtiradi.

Yangi Mersedes  48 voltli elektr tizimiga o‘tkazilgan. Bunga ikki sabab bor: birinchidan — avtomobilga o‘rnatilgan start-stop tizimidan foydalanish qulay bo‘lishi uchun, ikkinchidan — kelajakda uni gibrid avtomobilga aylantirish oson bo‘lishi uchun. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan gibrid avtomobillarning aksariyati 48 voltli elektr tizimida ishlaydi.

Taqdimot marosimida uchinchi bo‘lib Daimler AG kompaniyasi direktori Diter Setshe so‘zga chiqdi. Agar siz uni oldin ko‘rmagan bo‘lsangiz, hechqisi yo‘q, uning ulkan oq mo‘ylovidan tanib olish va eslab qolish juda oson.

Setshe yangi S-klass haqida ko‘p narsalar aytib berdi, lekin uning so‘zlarining asosiy ma’nosi — Yangi S-class har tomonlama oldingi s-classdan zo‘r, — degan xulosaga borib taqaldi.

Haqiqatdan ham, S-klassning eng ashaddiy raqibi uning 2014-yilda chiqqan oldingi modeli, shuning uchun ham Setshe yangi model eskisidan har tomonlama zo‘r, bizning bunga ishonchimiz komil deb takror va takror aytdi.

Ushbu taqdimot marosimi haqidagi to‘liq videolavhani quyida tomosha qilishingiz mumkin.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0