O‘zbekiston Havo yo‘llari Issiq-ko‘lga parvozlar yo‘lga qo‘yishi mumkin

© Sputnik / Vladislav Ushakov / Mediabankka o‘tishOzero Issik-Kul
Ozero Issik-Kul - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agar “Tomchi” aeroporti xalqaro xavfsizlik talablariga javob bersa “O‘zbekiston Havo yo‘llari” parvozlarni boshlashga tayyor.

TOShKENT, 22 apr – Sputnik. O‘zbekiston Havo yo‘llari Qirg‘izistondagi Issiq-ko‘l dam olish hududida joylashgan Tomchi earoportiga parvozlar amalga oshirishni boshlashi mumkin, deb xabar qildi kompaniya vakili.

Toshkentda Qirg‘iziston Madaniyat, axborot va turizm  vazirligi vakillari hamda O‘zbekiston Havo yo‘llari kompaniyasi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, tomonlar mamlakatlar orasida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish kerakligiga, xususan Issiq-ko‘l hududiga charter parvozlarini amalga oshirish muhokama qilindi.

"Avvalombor, “Tomchi” aeroportining barcha xalqaro aviatsiya xavfsizlik standartlarga mos kelish-kelmasligini aniqlash kerak, undan keyin esa, buyurtmachilar bo‘lgan taqdirda, Milliy aviakompaniya Issiq-ko‘lga parvozlar amalga  oshirishga tayyor" — dedi O‘zbekiston Havo yo‘llari vakili.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda “O‘zbekiston Havo yo‘llari” Toshkent – Bishkek –Toshkent yo‘nalishida haftasiga ikki marotaba parvozlar amalga oshirmoqda. “Tomchi” aeroporti bugungi kunda Osh, Olma-Ota va Novosibirskdan doimiy parvozlarni qabul qilmoqda.     

Uzunligi 182, kengligi 58 km bo‘lgan Issiq-ko‘l ko‘li dengiz sathidan 1600 metr balandlikda joylashgan.  Barcha tomondan  tog‘lar bilan o‘ralgan ko‘lning o‘rtacha chuqurligi 278 metr. Issiq-ko‘lda odam eng gavjum vaqti iyul oyidan – sentabr oyigacha. Har yili Issiq-ko‘l pansonatlarida 1,5 millionga yaqin kishi dam oladi.

 

Yangiliklar lentasi
0