TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Olma-otada 20-22 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan "Fashion house International" yosh iste’dodlar ko‘rik-tanlovida tojikistonlik Fotima Mirzoxonovna mutlaq g‘olib deb tan olindi, Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
Tojikistonlik yosh model ko‘rik tanlovining "Super Model 2017, "O‘rta Osiyo go‘zali" nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildi. Shuningdek, g‘olibga 1000 Yevrolik sovg‘a sertifikati va Monako va Moskvada bo‘lib o‘tadigan konkurslarga taklifnoma topshirildi
Ko‘rik tanlovi tashkilotchisi Fashion House Kazakhstan (Kazaxstan) va Fashion House (Rossiya) kompaniyalari bo‘lib, tadbir moda sohasida yangi talantlarni topib ularni Qozog‘iston va dunyo model hamda shou biznesiga kirishiga yordam berishdir. Tadbirda ishtirok etgan modellar Rossiya va chet el reklama agentliklari va moda biznesi vakilari bilan shartnoma imzolash imkoniga ega bo‘ladi.