TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Namanganda Hindistonning yetakchi kompaniyalaridan biri ishtirokida farmatsevtika korxonasi qurilishi mumkin, deb xabar qilmoqda "Jahon" axborot agentligi.
Raqobatbardosh, zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida Namangan viloyati delegatsiyasi Hindistonning yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri bo‘lgan a tashrif buyurishdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Mumbay shahrida kompaniyaning bosh ofisida bo‘lib u yerda M.J. Biopharm direktori Dhaval Vashi bilan uchrashdi. Shuningdek, viloyat mutaxassislari kompaniya zavodlariga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishdilar.
M.J. Biopharm — o‘z faoliyatini 1954-yilda boshlagan. Bugungi kunda kompaniya mahsulotlari dunyoning 60 mamlakatida sotilmoqda. M.J. Biopharmning asosiy ixtisosligi bu — insulin va diabet kasaliga qarshi dorilar ishlab chiqarishdir. Undan tashqari kompaniya antibiotiklar, tuberkulezga, yurak kasalliklariga qarshi dorilar ham ishlab chiqaradi.