Bugun Fransiyada prezident saylovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishPerviy tur prezidentskix viborov vo Fransii
Perviy tur prezidentskix viborov vo Fransii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu saylovda mamlakat tarixida birinchi bor 4 kishi saylovning ikkinchi bosqichiga o‘tishi mumkin.

TOShKENT, 23 apr – Sputnik. Bugun  Fransiyada prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Saylovning birinchi bisqichida 11 nomzod ishtirok etmoqda va mamlakat tarixida birinchi bor (1958 yildan beri) ulardan 4 kishi saylovda g‘olib chiqish imkoniga ega. 

Fransiyada saylov tizimi 2 bosqichdan iborat bo‘lsada, agar nomzodlardan biri birinchi bosqichda 50%dan ko‘p ovoz olgan taqdirda u darhol prezident deb e’lon qilinadi. Lekin bu safar birorta ham nomzod mutlaq ustunlikka ega emas.

Yetakchi nomzodlar orasida “Oldinga” siyosiy harakati yetakchisi Emmanuel Makron — 22,5-24%, Milliy fron yetakchisi Marin Le Pen – 22-23%, “Bo‘y so‘nmagan Fransiya” harakati yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon — 16,5-19%, Sotsial partiya vakili Benua Amon — 6,5 – 8% ovoz olishi kutilmoqda.

Ushbu saylov Fransiyada 11 prezident saylovi bo‘ladi. Saylovda 47 million kishi qatnashishi kutilmoqda. Tarixda nomi qolgan Fransiyaning eng mashhur prezidentlari: Sharl de Goll, Jorj Pompidu, Valeri Jiskar d'Esten, Fransua Mitteran, Jak Shirak.

Saylovning ikkinchi bosqichi 7-may kuni bo‘lib o‘tishi kerak.

 

Yangiliklar lentasi
0