TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Donbassda chegara chizig‘iga yaqin joyda YeXHT kuzatuvchilari avtombili portlab ketdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Lugansk xalq respublikasi militsiyasi xabariga asosan.
“Prishib” aholi punkti yaqinida yuz bergan fojeada YeXHT kuzatuvchilaridan biri qurbon bo‘lgan, uch kishi jarohatlangan. Militsiya aytishiga qaraganda, avtomobil tankka qarshi o‘rnatilgan minada portlab ketgan.
LXR rahbariyati aytishiga qaraganda, ushbu hujum Ukraina kuch tizimlari tomonidan tashkil qilingan diversion-razvedka guruhi faoliyati natijasidir. Oxirga vaqtlarda Ukraina harbiylari diversion guruhlardan foydalanib Donesk va Lugansk respublikalari hududida bir necha diversion hujumlar amalga oshirgan.