Alina Kabayeva o‘zbekistonlik gimnastikachiga maxsus sovg‘a topshirdi

© Uzlife Alina Kabayeva na etape Kubka mira po xudojestvennoy gimnastike v Tashkente
Alina Kabayeva na etape Kubka mira po xudojestvennoy gimnastike v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Badiiy gimnastika Jahon chempionati saralovchi bosqichida dunyoning 19 mamlakatidan 90 ta eng kuchli sportchilar ishtirok etmoqda.

TOShKENT, 23 apr – Sputnik. Dunyoning eng mashhur sportchilaridan biri bo‘lgan  Alina Kabayeva ushbu kunlarda Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Badiiy gimnastika Jahon chempionati saralovchi bosqichiga sharafli mehmon sifatida tashrif buyurgan.

O‘zbekiston Gimnastika federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, rossiyalik gimnastikachi “Alina Kabayeva xayriya jamg‘armasi” nomidan yosh gimnastikachi 2016-yil Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, bir necha xalqaro turnirlar sovrindori, O‘zbekiston chempioni Anastasiya Serdukovaga “Badiiylik uchun” maxsus sovg‘asini topshirdi.

© Federatsiya gimnastiki Uzbekistana Alina Kabayeva vruchila spetsialniy priz uzbekistanskoy gimnastke
Alina Kabayeva vruchila spetsialniy priz uzbekistanskoy gimnastke  - Sputnik O‘zbekiston
Alina Kabayeva vruchila spetsialniy priz uzbekistanskoy gimnastke

Eslatib o‘tamiz, Alina Kabayeva Toshketda tug‘ilib o‘sgan, shu yerda gimnastika bilan shug‘ullangan va sportdagi ilk yutuqlarini ham aynan shu yerda q o‘lga kiritgan.

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Badiiy gimnastika Jahon chempionati saralovchi bosqichida dunyoning 19 mamlakatidan 90 ta eng kuchli sportchilar ishtirok etmoqda.  Mehmon sportchilar Avstraliya, Armaniston, Belarussiya, Gruziya, Isroil, Indoneziya, Ispaniya, Qozog‘iston, Latviya, Rossiya, AQSh, Tailand, Ukraina, Finlyandiya, Shveysariya, Estoniya va Yaponiya davlatlaridan kelgan.

Rossiya jamoasini Rossiya Gimnastika federatsiyasi raisi Irina Viner-Usmanova boshchilik qilmoqda. Irina Viner kelib chiqishi Samarqandlik, uch marta O‘zbekiston chempioni.

1/4
Glavniy trener sbornoy Rossii i prezident Vserossiyskoy federatsii xudojestvennoy gimnastiki Irina Viner-Usmanova

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0