Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston delegatsiyasi vakillarini qabul qildi

© YASSER AL-ZAYYAT / AFPMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar 2017-yilda ikki mamlakat o‘rtasida keng miqyosli hamkorlikni yanada rivojlantirish rejasi ("Yo‘l xaritasi")ni amalga oshirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar bo‘yicha fikr almashishdi

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. 22-aprel kuni O‘zbekistonga Afg‘oniston delegatsiyasi amaliy tashrif bilan keldi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov delegatsiya tarkibida tashrif buyurgan Afg‘oniston prezidentining infratuzilma, kadrlar resursi va texnologiyalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy hamda prezidentning MDH mamlakatlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining 23-24 yanvar kunlari Kobul shahriga tashrifi va Afg‘oniston rahbariyati bilan olib borgan muzokaralari doirasida erishilgan kelishuvlarni ijro etish jarayoni batafsil muhokama qilindi.

Xususan, 2017-yilda ikki mamlakat o‘rtasida keng miqyosli hamkorlikni yanada rivojlantirish rejasi ("Yo‘l xaritasi")ni amalga oshirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar bo‘yicha fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0