TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Poytaxtdagi "Istiqlol" san’at saroyida 3-may kuni Lyubov Uspenskaya konsert dasturini namoyish etadi. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.
Lyubov Uspenskaya — sobiq sovet, Rossiya va Amerika xonandasi bo‘lib, shahar romansi va rus shansoni ijrochisi, "Yil shansoni" mukofotining ko‘p karra sohibasi hisoblanadi.
Xabarda aytilishicha, konsert uchun chipta narxi 100 ming so‘mdan 1 million so‘mgacha bo‘lib, saroy kassalaridagilar ma’lum qilishlaricha, rus shansoni qirolichasining konsertiga chiqarilgan chiptalarning yarmidan ko‘pi sotib bo‘lingan.
Xonanda o‘zbekistonlik muxlislarini o‘zining xit bo‘lgan va yangi qo‘shiqlari bilan xursand qilishni rejalashtirgan.