TOShKENT, 22 apr — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri qator lavozim tayinlovlarini amalga oshirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyatining birdaniga beshta tumanida IIB boshlig‘i o‘zgargan.
Xususan, podpolkovnik Murodov Avaz Akbarovich — Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani IIBga, podpolkovnik G‘oziyev Dilshod To‘rayevich — Parkent tumani IIBga, podpolkovnik Karimov Shavkat Abdinazarovich — Piskent tumani IIBga, podpolkovnik Qo‘ziboyev Bahrom Bahodirovich — Chinoz tumani IIBga va podpolkovnik Ergashev Olim Zokirovich — Quyi Chirchiq tumani IIBga boshliq etib tayinlandi, deb xabar bermoqda "Kun.uz" "Postda" gazetasiga asoslanib.