Kaliningradda oyligini ololmagan o‘zbekistonlik yuk kraniga chiqib oldi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishGruzopodyemnie krani
Gruzopodyemnie krani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘rt oydan buyon oylik maoshlarini olisholmaganidan so‘ng ishchilardan biri shunday qarorga kelgan

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Bugun Guryev tumanida o‘zbekistonlik ishchi oylik maoshi cho‘zilib ketgani bois yuk kraniga chiqib oldi va undan tushmay turib oldi, deb yozadi yaostrov.ru sayti.

Xabarga ko‘ra, u va uning tanishlari prokuraturaga murojaat qilishni mo‘ljallashmoqda. Ularning aytishlaricha, to‘rt oydan buyon oylik maoshlarini olisholmagach, ishchilardan biri shunday qarorga kelgan. Ular Guryev tumanidagi Kaliningrad IES hududida ishlayotgan bo‘lishgan.

Xabarda ma’lum qilinishicha, viloyat hukumati aprel oyi holatiga ish haqidan qarzdorlik 32 mln rubl ekanligini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0