TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Patent olish uchun hujjatlar tayyorlash bo‘yicha kompleks xizmatlar narxi pasaytirildi, deb xabar bermoqda Moskva viloyati Yagona migratsiya markazi matbuot xizmati.
17 apreldan boshlab patent narxi 11,4 ming rublga tushirildi.
Xorij fuqarosi mehnat qilish uchun patentni bir oydan bir yil muddatga qadar olishi mumkin. Patentni qayta rasmiylashtirish uchun esa uning muddati yakunlanishidan kamida 16 kun oldin Yagona migratsiya markaziga murojaat qilish lozim.