"O‘zbekiston temir yo‘llari" chiptalar narxi arzonlashganini ma’lum qildi

Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida chiptalar narxini arzonlashtirdi

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Toshkent-Andijon, Urganch-Andijon, Buxoro-Andijon yo‘nalishlarida qatnovchi poyezdlar chiptalari arzonlashtirildi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati xabar qildi.

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida, Toshkent-Andijon-Toshkent, Urganch-Andijon-Urganch, Buxoro-Andijon-Buxoro yo‘nalishlari bo‘yicha ertalabki, kunduzgi va kechki tezurar poyezdlarning doimiy harakatlanishini va chiptalarning narxlari arzonlashtirilganini ma’lum qiladi", deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, poyezd harakat davomida Farg‘ona vodiysining Pop, Qo‘qon, Marg‘ilon va Andijon shaharlarining temiryo‘l bekatlarida to‘xtab o‘tadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0