TOShKENT, 19 apr – Sputnik. “Avtostart” tahliliy agentligi 2016-yilda Rossiyada eng ko‘p daromad keltirgan avtomobil modellarini aniqladi. Agentlik sotilgan avtomobillar sonini ularning o‘rtacha bozor narxiga ko‘paytirib quyidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Hyundai–Kia
Rossiya avtomobil bozorida 2016-yilda sotilgan yangi avtomobillar orasida eng ko‘p daromad keltirgan avtomobil bu Hyundai Solaris bo‘ldi. O‘rtacha narxi 740 ming rubl bo‘lgan ushbu avtomobil 2016-yilda 90 000 dona sotilgan. Umumiy daromadi 67,2 milliard rublni tashkil qilgan.
Ikkinchi avtomobil ham Koreyalik ishlab chiqaruvchiga tegishli. O‘rtacha narxi 740 ming bo‘lgan Kia Rio modeli salkam 87 700 dona sotilgan va umumiy daromad 65 mlrd rublni tashkil qilgan.
Toyota-Lexus
Daromad bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Yaponiyaning Toyota brendi egallagan. O‘ta muvaffaqiyatli sotilayotgan LAND CRUISER, PRADO, RAV4 va CAMRY modellarining har biri korxonaga 46 – 60 millard rubldan daromad keltirgan. Kompaniyaning lyuks brendi Lexus ham 40 milliard rublga “savdo qilgan”.
Lada-Renault
Lada-Renault brendi sotilgan avtomobillar bo‘yicha yetakchi bo‘lsada, daromad miqdori bo‘yicha yuqorida aytib o‘tilgan kompaniyalardan ortda qolgan. Alyansning eng muvaffaqiyatli Lada Granta avtomobili 38,7 mlrd, Lada Vesta — 33,6 mlrd va Reno Duster– 38,2 mlrd. rubl daromad keltirgan.
Eslatiab o‘tamiz, Rossiya avtomobil bozorida 2016-yilda eng muvaffaqiyatli sotilgan avtomobillar quyidagilar bo‘ldi: