Vladimirda terrorchilikda gumon qilingan ikki o‘rta osiyolik yo‘q qilindi

Obuna bo‘lish
FSB xodimlari xalqaro terrorchilar bilan aloqada bo‘lgan, ikki nafar qurollangan fuqaroni hibsga olish vaqti yo‘q qildi.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Rossiya hududida terrorchilik qilishga tayyorlangan ikki nafar O‘rta Osiyo fuqarosi hibsga olish vaqti FSBga qurolli qarshilik ko‘rsatdi. Maxsus operatsiya davomida ular yo‘q qilindi, deb xabar qilmoqda FSB matbuot xizmati.

“Federal Xavfsizlik xizmati xodimlariga qurolli qarshilik ko‘rsatgan ikki kishi yo‘q qilindi. Ular 1991, 1987-yillarda tug‘ilgan, Vladimir viloyatida vaqtincha yashayotgan, O‘rta Osiyo mamlakati fuqarosi bo‘lib chiqdi”, — deyilgan rasmiy xabarda.  

Ushbu shaxslar xalqaro terrorchi tashkilotlar yollovchilari bilan aloqada bo‘lgan va Rossiya hududida terrorchilik hujumlari uyushtirishga tayyor bo‘lgan. O‘tkazilgan tezkor qidiruv ishlari davomida qo‘lbola portlovchi moslamaning tarkibiy qismlari, AK-74 avtomati va PM pistoleti va o‘q-dorilar topilgan.

FSB xodimlari orasida yaralanganlar yo‘q. Vladimir tumanida ushbu voqea yuzasida jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Yangiliklar lentasi
0