Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / StringerFlag Irana
Flag Irana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Eronda suv toshqini oqibatida fuqarolar qurbon bo‘lishi munosabati bilan Hasan Ruhoniyga hamdardlik bildirdi.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniyga mamlakatning bir necha hududlarida sodir bo‘lgan suv toshqini oqibatida, fuqarolar qurbon bo‘lishi munosabati bilan chin dildan hamdardlik bildirdi. Bu haqida O‘zbekiston TIVi xabar qildi.

Eng so‘nggi xabarlarga ko‘ra, Eronda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 41 kishi qurbon bo‘lgan, 22 kishi daraksiz yo‘qolgan.  Eron shimoli-g‘arbida haligacha kuchli yomg‘irlar davom etmoqda. Darolar qirg‘og‘idan chiqib, ko‘priklarni, avtomobillarni, aloqa kabellarini yuvib ketmoqda. Zarar ko‘rgan hududlarda Favqulodda holat e’lon qilingan. Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Yangiliklar lentasi
0