TOShKENT, 19 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublika Bosh prokuroriga o‘rinbosar tayinlanishi haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi saytida xabar berilmoqda.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 18-aprel kuni chiqarilgan Farmoniga asosan Erkin Turayevich Yuldashev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.