Shimoliy Koreyada qanday soch turmaklariga ruxsat borligini bilasizmi?

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishShimoliy Koreya aholisi Pxenyan ko‘chalarida
Shimoliy Koreya aholisi Pxenyan ko‘chalarida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jurnalist Makelaynenning fikricha, shimoliy koreyalik sartaroshlarda erkak va ayollar soch turmaklarining 15tadan varianti bor xolos

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Finlyandiyalik jurnalist Mika Makelaynen KXDRda ruxsat berilgan soch turmaklarini suratga olib, bu rasmlarni o‘zining Tvitterdagi sahifasida joyladi.

​Makelaynenning ta’kidiga ko‘ra, Shimoliy koreya sartaroshxonalarida erkaklar va ayollar soch turmagining 15tadan variantlariga ruxsat berilgan, xolos. Undan tashqari, sartaroshxonalarda soch bo‘yash bo‘yicha xizmatlar umuman mavjud emas.

Pxenyanga safari davomida jurnalistning o‘zi ham imijini o‘zgartirishga qaror qilgan. Makelaynen sartaroshdan sochini mahalliy aholi o‘rtasida eng ommabop imijda olishni so‘ragan. Jurnalistning hayratiga bu soch turmagi — KXDR yetakchisi Kim Chen Innikiga zinhor o‘xshamagan.

2015 yilda OAVlar Shimoliy Koreyadagi maktab o‘quvchilari va talabalar mamlakat yetakchisi soch uslubida soch oldirishga majbur etilayotgani haqida bong urgan edi. Qizlarga esa o‘z sochlarini yetakchining rafiqasi — Li Sol Chuning o‘xshatib turmaklab yurish maslahat berilgan.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Yangiliklar lentasi
0