Chegara mojarosi – Tojikiston fikri

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishRazgranichitelnaya liniya zoni deystviya mirotvorcheskix sil mejdu Yujnoy Osetiyey i Gruziyey
Razgranichitelnaya liniya zoni deystviya mirotvorcheskix sil mejdu Yujnoy Osetiyey i Gruziyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kecha Surxondaryoning Sarosiyo tumanida o‘zbek-tojik chegarasida, Tojikiston fuqarosining o‘limiga olib kelgan mojaro haqida xabar bergan edik. Bugun ushbu voqeaga Tojikiston Chegara qo‘shnlari rahbariyati o‘z izohini berdi.

TOShKENT, 18 apr – Sputnik. Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara qo‘shnlari matbuot markazi rahbari Muhammad Ulug‘xo‘jayev xabariga ko‘ra, 15-aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:30 lar atrofida ikki nafar o‘zbek chegarachilari Tojikiston chegarasini buzib, mamlakat hududi ichkarisiga 100 metrga kirib borgan va mol boqayotgan 3 nafar Tojikiston fuqarolariga hujum qilgan.

Pokazatelnie vistupleniya pogranichnoy slujbi v Krimu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek-tojik chegarasida yuz bergan mojaroda bir kishi qurbon bo‘ldi

“Bo‘layotgan voqeani ko‘rib, Tojikiston fuqarolari mollarini o‘z hududi ichiga haydab ketishga harakat qilgan, lekin O‘zbekiston chegarachilari ularni to‘xtatgan. To‘xtatilgan Tojikiston fuqarolari ular o‘z yerida ekanini va chegara qo‘shnlari rahbariyatga arz qilishini aytgan”, — dedi Ulug‘xo‘jayev.

Ulug‘xo‘jayev aytishiga ko‘ra, go‘yoki cho‘ponlarning ushbu so‘zlariga javoban o‘zbek chegarachilari ularni o‘qqa tutgan va Asliddin Shoimovni og‘ir yaralagan, yana bir kishini qo‘li va oyog‘idan yaralagan.

“O‘zbek chegarachilari o‘zlarning noqonuniy hatti-harakati yashirish maqsadida, og‘ir yaralangan Shoimovning tanasini o‘z hududiga olib ketgan, qolgan cho‘ponlarni qo‘yib yuborishgan”, — dedi Ulug‘xo‘jayev.

Yetib kelgan Tojikiston chegarachilari yaralangan cho‘ponni kasalxonaga olib borishgan va mojaro sodir bo‘lgan joyda o‘zbek chegarachilariga tegishli bo‘lgan 7,62 mmli patronlarni topishgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston MXX Davlat chegarasini qo‘riqlash qo‘mitasi xabarini ma’lum qilgan edik. Unga ko‘ra, O‘zbekiston chegarachilari davlat chegara chizig‘ini buzgan Tojikiston mollarini orqaga qaytarmoqchi bo‘lganda, Tojikistonning uch nafar fuqarosi ularg tayoq va pichoq bilan hujum qilgani, va chegarachilar  o‘zlarini himoya qilish maqsadida ularga qarata o‘q uzgani  aytilgan edi.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

 

Yangiliklar lentasi
0