Koreyada ishlash bo‘yicha ro‘yxatga olish va test sinovi natijalari bekor qilindi

© Sputnik / Artem Jitenev / Mediabankka o‘tishEkzamen po russkomu yaziku dlya migrantov
Ekzamen po russkomu yaziku dlya migrantov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishni istovchi fuqarolarni ro‘yxatga olish va anketa to‘ldirish jarayoni qaytadan yanada yuqori texnik imkoniyatlar va kiberhujumlardan muhofaza etilgan holda, yangicha mukammallashtirilgan tartibda qaytadan o‘tkaziladi", deyilgan e’londa.

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Koreyada ishlashni istovchi talabgorlar bilimini sinash jarayoni qatnashchilar orasida ko‘plab anglashilmovchiliklar va noroziliklariga sabab bo‘lganligi tufayli ro‘yxatga olish natijalari bekor qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining feysbukdagi sahifasida e’lon berildi. Ammo rasmiy saytda hozircha bu haqida ma’lumot yo‘q.

GBU «Migratsionniy sentr” - Sputnik O‘zbekiston
Migratsiya agentligi ro‘yxatga olish va test sinovi bo‘yicha savollarga izoh berdi
"Sizga ma’lumki, Tashqi mehnat migratsiyasi masallari agentligi 2017-yilning 27-28-29-30 mart kunlari va 1-3 aprel kunlarida Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishni istovchi fuqarolarni ro‘yxatga olish va anketa to‘ldirish jarayonini o‘tkazgan edi. 

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi shuni ma’lum qiladiki, mazkur ro‘yxatga olish jarayonida yuz bergan jiddiy texnik uzilishlar, Koreyada mehnat faoliyati yuritishni istovchi talabgorlar bilimini sinash jarayoni qatnashchilar orasida ko‘plab anglashilmovchiliklar va noroziliklariga sabab bo‘lganligi tufayli ro‘yxatga olish natijalari bekor qilinadi.

Koreya Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirishni istovchi fuqarolarni ro‘yxatga olish va anketa to‘ldirish jarayoni qaytadan yanada yuqori texnik imkoniyatlar va kiberhujumlardan muhofaza etilgan holda, yangicha mukammallashtirilgan tartibda qaytadan o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish sanasi va tartibi haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi", deyilgan e’londa.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

 

Yangiliklar lentasi
0