Ozarbayjon tandirlari

Obuna bo‘lish
Ming yillar oldin insoniyat tomonidan yaratilgan tandirlar bugungi kunda ham o‘z xususiyatlarini yo‘qotmagan. Ular o‘zlariga ortiqcha diqqat-e’tibor, yoki ko‘p o‘tin talab qilmaydi.

Ozarbayjonning Astarin tumani Pensar qishlog‘i eng yaxshi tandir ustalari yashaydi. Nadirovlar oilasi uchun tandirchilik, bu – ota-bobolaridan o‘tib kelayotgan, oilaviy kasbdir.

Usta Extiram Nadirov aytishiga qaraganda, ular yasagan tandirlar boshqalarga qaraganda yuqa  va yengil.

“Tandir loyini boshidan shunday tayyorlash kerak-ki uning ichida birorta ham kesak qolmasin. Tandir shakli bir haftada tayyor bo‘ladi. Keyin uni soyada quritish kerak. Eng so‘nggida esa, olovda toblash kerak”, — deydi usta.

Ming yillar oldin insoniyat tomonidan yaratilgan tandirlar bugungi kunda ham o‘z xususiyatlarini yo‘qotmagan. Ular o‘zlariga ortiqcha diqqat-e’tibor, yoki ko‘p o‘tin talab qilmaydi.

Tandirda tayyorlangan lavash, non va boshqa taomlar esa o‘ziga xos betakror ta’mga egadir.

Yangiliklar lentasi
0