TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Kecha Moskva ko‘chalaridan birida mudhish avariya sodir bo‘ldi. Katta tezlikda ketayotgan Maserati Ghibli avtomobili, boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidagi beton ustunga borib urildi va yonib ketdi.
Tezlik juda katta bo‘lgani (150km dan ortiq) va yomg‘irli havo tufayli Maserati aylanib ketgan va yo‘l chetida turgan beton ustungan borib urilgan. Zarba avtomobilning orqa qismiga to‘g‘ri kelgan.
Zarba chunonam kuchli bo‘lganki, beton ustun avtomobilni orqa qismidan to old oynagacha qoq ikkiga yorib kelgan. Zarbadan avtomobilning yonilg‘i baki shikastlangan va bir zumda mashina o‘t ichida qolgan.
Qutqaruvchilar aytishiga qaraganda, haydovchi olovdan emas zarbaning o‘zidan qurbon bo‘lgan. Uning boshi qattiq shikastlangan.
Fojeadan keyin Internetda ushbu avtomobil egasi haqida turli ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Maserati egasi Artur M., 26 yoshda, kompyuter dasturchi bo‘lib ishlar ekan. Uning Otasi Andijan M. oshxona uchun maishiy texnika savdosi bilan shug‘ullanar ekan.
Artur M. avtomobilida mushukchasi bilan yurishni yaxshi ko‘rar ekan. Shuningdek, u tezlikni oshirishni ham yaxshi ko‘rar ekan. Uning nomiga oxirgi 2-yil ichida tezlikni oshirgani uchun 20-marta jarima chiptalari kelgan, lekin jarimalarning hammasi o‘z vaqtida to‘langan ekan.