Yangi qonun: harbiy pensionerlar litsey va kollejlarga ishga qabul qilinadi

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishVeteran Velikoy Otechestvennoy voyni
Veteran Velikoy Otechestvennoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pensionerlar harbiy-akademik litseylarning vakant bo‘lgan direktori lavozimlariga, direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchilari lavozimlarida ishlashlari mumkin.

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining 17-fevraldagi PF-4960 sonli «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq harbiy xizmatchilar orasidan pensionerlarni harbiy-akademik litseylar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga ishga  qabul qilish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Pensionerlarni ishga qabul qilish ularni yoshlarni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va sodiqlik ruhida tarbiyalash jarayoniga yanada kengroq jalb etish maqsadida amalga oshiriladi.

Tegishli ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar harbiy-akademik litseyda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

Pensionerlar harbiy-akademik litseylarning bo‘sh (vakant) direktori lavozimlariga, direktor o‘rinbosarlari, o‘qituvchilari lavozimlarida ishlashlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0