Milliy ma’lumotlar bazasi aholiga tezkor elektron xizmatlar ko‘rsatadi

Obuna bo‘lish
Aholiga zamonaviy texnologiyalar asosida interfaol xizmatlar ko‘rsatish uchun soliq, nafaqa, bojxona, ta’lim, budjet va boshqa sohalar axborot tizimlari umumlashtirilib yagona ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Toshkentda Axborot texnologiyalari vazirligi, "Uzinfocom" markazi, "Elektron hukumat" markazi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi vakillari ishtirokida Milliy ma’lumotlar bazasi joriy qilishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot kompleks tizimlari va ma’lumotlar bazasining joriy etilishi davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, fuqarolarning tizimlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, aholiga ko‘rsatilayotgan yangi interfaol xizmatlar turini ko‘paytirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

  • Xususan, ko‘plab ruxsat berish tartib-taomillari soddalashtirilib, aksariyat faoliyat turlari uchun litsenziya olish muddatlari qisqartirildi;
  • Undan tashqari, fuqarolarning davlat organlari bilan aloqasi elektron shaklda, interfaol tartibda bo‘lib o‘tadi;

Bugungi kunda "Xarid", "Soliq", "Litsenziya", "Bojxona", "Budjet" kabi oltita axborot kompleks tizimi yaratilib, faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu tizimlarda ma’lumotlar to‘planib umumlashtiriladi, va uning asosida yuridik va jismoniy shaxslarga turli interfaol xizmatlar ko‘rsatiladi.

Ayni paytda "Nafaqa", "Sog‘liqni saqlash", "Ta’lim", "Kommunal xo‘jalik", "Adliya-2", "Davlat boshqaruvi" singari axborot kompleks tizimlari ishlab chiqilmoqda. Ushbu tizimlar orqali pensiya ta’minoti, sog‘liqni saqlash, ta’lim, kommunal xo‘jalik sohasida elektron xizmatlar ko‘rsatiladi.

"Jahon" axborot agentligi xabari asosida.

Yangiliklar lentasi
0