TOShKENT, 15 apr — Sputnik. "Xazonrezgi" filmida bosh rollardan birini ijro etgan Feruza Saidova "Ak Ilbirs-2017" — Qirg‘iziston milliy kinomukofoti hay’ati tomonidan Markaziy Osiyoning eng yaxshi aktrisasi deb topildi. Bu haqda tadbirning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.
"Xazonrezgi" filmining rejissor va ssenariy muallifi Zulfiqor Musoqov bo‘lib, film markazida afg‘on urushi sinovidan o‘tgan qahramon turadi. Uni o‘tmishning dahshatli va qonli xotiralari qiynaydi, lekin u shoshilmasdan, sinchkovlik bilan o‘zining bugungi hayotini tahlil qiladi.
Filmning asosiy voqealari bir oila atrofida bo‘lib o‘tadi. Ularning oilasi yaxshilik va yomonlik hamda turli qiyinchiliklarga duch keladi. Oila boshiga tushgan qiyinchiliklar natijada uni mustahkamlaydi va oxir-oqibat sevgi g‘olib chiqadi.
"Ak Ilbirs" (Qor barsi) kinomukofoti kinematografiya sohasida erishgan yutuqlari va qo‘shgan hissasi uchun beriladigan mukofot bo‘lib, Qirg‘iziston kinematografiyachilar ittifoqi, aytish jamoatchilik fondi va Kinoni rivojlantirish fondi tomonidan ta’sis etilgan.
G‘oliblarga bronzadan yasalgan qor barsi haykalchasi topshiriladi.