Samarqandda yangi yo‘nalish bo‘ylab tramvaylar harakatlana boshladi

© http://railway.uzTramvay v Samarkande
Tramvay v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tramvaylar ertalab soat 06:00 dan kechqurun 23:00 gacha harakatlanadi. Temir yo‘l vokzalidan Sattepo massivigacha tramvay liniyasida ikki tomonlama 4 tadan jami 8 ta tramvay har 7 daqiqada harakatlanadi

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning viloyatga tashrifi davomida Samarqand shahrida qurilgan yangi tramvay yo‘lini borib ko‘rdi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ axborot xizmati xabar qildi.

Prezidentning 1-fevraldagi "Samarqand shahrida tramvay liniyalarini qurish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ tomonidan shaharda umumiy uzunligi 34,8 km ni tashkil etadigan tramvay yo‘llari bosqichma-bosqich qurilmoqda.

Yangi tramvay yo‘nalishi bo‘yicha harakat grafigi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, tramvaylar ertalab soat 06:00 dan kechqurun 23:00 gacha harakatlanadi. Temir yo‘l vokzalidan Sattepo massivigacha tramvay liniyasida ikki tomonlama 4 tadan jami 8 ta tramvay har 7 daqiqada harakatlanadi. Tramvay yo‘lining ikki tarafidan avtobus bekatlari bilan birlashtirilgan 13 tadan jami 26 ta zamonaviy bekatlar qurilgan.

Samarqandda tramvay harakati - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda tramvay harakati yo‘lga qo‘yiladi

Ushbu loyihaning birinchi bosqichida qurilayotgan tramvay yo‘lining umumiy uzunligi 11,4 km.ni tashkil etib, bugungi kunda 7,2 km bo‘lgan tramvay yo‘lining birinchi qismi qurilishi to‘liq yakunlandi.

Qurilishning keyingi qismi temiryo‘l vokzalidan Siyob bozorigacha bo‘lgan yo‘nalishda, ya’ni uzunligi 5 km bo‘lgan tramvay yo‘li qurish ishlari davom etmoqda.
Loyihaning keyingi bosqichida quriladigan Tramvay yo‘lining umumiy uzunligi 23,4 km.ni tashkil etib, qurilish "Samarqand" temir yo‘l vokzalidan Spitamen ko‘chasi orqali Kimogarlar shaharchasi hamda vokzaldan Narpay ko‘chasi orqali Kimogarlar shaharchasigacha bo‘lgan yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Samarqand tramvay deposi qoshida Respublika Ichki ishlar vazirligining tegishli ruxsatnomasi olinib, tramvay haydovchilarini tayyorlash markazi tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0