Toshkentda garajlar yana buzib tashlanishi mumkin

© Sputnik / Igor Russak / Mediabankka o‘tishNa avtostoyanke vozle zavoda General Motors
Na avtostoyanke vozle zavoda General Motors - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxt hokimiyati shahar kvartallari va mahallalar ichidagi avtoturargoh muammolarini hal qilishga kirishdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri

TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Ma’muriyat avtotransport vositalarini saqlash joylarini tartibga solish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar majmui loyihasini ishlab chiqdi.

Hokimiyatda bo‘lib o‘tgan brifingda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Sa’dullaxo‘ja Muxtorxo‘jayevning aytishicha, bugungi kunda kvartal va mahallalar ichi sanitariya va yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermaydigan temir-beton garajlarga to‘lib ketgan.

Otkritie pervoy ocheredi mnogofunksionalnogo kompleksa Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Chilonzorda ko‘p qavatli parkovkalar quriladi

"Bunday garaj qurilmalari deyarli 26 gektar maydonni egallagan. Ular taxminan 8470 avtomobilga mo‘ljallangan. Garaj egalari ulardan turli axlat, qog‘oz, maishiy chiqindilarni saqlash maqsadida foydalanishmoqda. Bu esa yong‘in sodir bo‘lganida yaqin-atrofdagi uylarga xavf tug‘diradi. Shuningdek, shaharda 27,4 ming avtomobilga mo‘ljallangan 69 gektar maydonni egallagan yuridik shaxslar avtoturargohlari mavjud", — dedi u.

Hujjat loyihasida mazkur turargohlar o‘rniga zamonaviy ko‘p qavatli parking va bepul ochiq avtoturargohlar barpo etish taklif qilinmoqda. Ma’muriyat buning uchun ikki, uch va olti qavatli maxsus parking loyihalarini ishlab chiqdi. Ikki qavatli turargohlar 80, uch qavatlisi 144 va olti qavatli turargohlar 532 avtomobilga mo‘ljallangan.

© Sputnik/StringerGarajlar o‘rniga quriladigan avtoturargoh loyihasi
Proyekt avtostoyanki vmesto garajey - Sputnik O‘zbekiston
Garajlar o‘rniga quriladigan avtoturargoh loyihasi

Shuningdek, buzib tashlanadigan garajlar o‘rniga bepul turargohlar qurish rejalashtirilmoqda. Ular atrofi metall to‘siq bilan o‘ralgan, asfalt yotqizilgan va maxsus belgilar chizilgan turargohlar bo‘ladi.

Bundan tashqari, hujjatda barcha yangi qurilayotgan kafe va restoranlar, yirik magazin va bozorlar oldida albatta avtoturargoh, jumladan, yerosti avtoturargohlari qurishni shart qilib qo‘yish taklif etilmoqda.

"So‘nggi uch yilda Toshkentda avtomobillar soni 19%ga oshdi. Bu esa ayniqsa massiv va mahallalar ichida ma’lum bir qiyinchiliklarga sabab bo‘lmoqda. Ular tez yordam va yong‘in xavfsizligi mashinalari yo‘lini to‘sib qo‘ymoqda. Bundan tashqari, qarovsiz qoldirilgan avtomobillar o‘g‘rilar nishoniga aylanmoqda. Avtomobillar saqlash joylarini tartibga solishga qaratilgan chora-tadbirlar ushbu vaziyatni to‘g‘rilashga xizmat qiladi", — dedi Toshkent IIBB YHXB jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi inspektori mayor Alisher Abduqodirov.

© Sputnik/StringerGarajlarni olib tashlash rejasi
Plan snosa garajey v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Garajlarni olib tashlash rejasi

Qayd etish joizki, mazkur hujjat hozirda muhokama jarayonida bo‘lib, unga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2013-yil aprelda poytaxt hokimi Rahmonbek Usmonov shahardagi barcha garajlarni buzib, o‘rniga zamonaviy avtoturargohlar qurish haqida qaror imzolagandi. O‘shanda 40 mingdan ortiq garaj buzilishi rejalashtirilgandi.

Biroq qaror poytaxtliklarning keskin e’tiroziga sabab bo‘lgach, hokim bu boradagi ishlarni to‘xtatishga majbur bo‘lgandi.

Yangiliklar lentasi
0